Koronavirusga chalingan besh nafar bemor jonlantirish bo‘limida yong‘indan halok bo‘ldi — Sankt-Peterburg

Sankt-Peterburg (Rossiya)dagi Avliyo Georgiy shifoxonasiga o‘t ketdi — oltinchi qavatdagi koronavirus jonlantirish bo‘limida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda «Mash» telegram-kanali xabar berdi.
Eng ayanchlisi, ahvoli og‘ir besh nafar bemor yong‘inda halok bo‘lgan — ularning barchasi o‘pkani sun’iy ventilyasiyalash qurilmasiga ulab qo‘yilgandi.
Jonlantirish bo‘limidagi qolgan 11 nafar bemorni shifokorlar xavfsiz hududga olib o‘tishga ulgurishgan. Binodan jami 150 kishi evakuatsiya qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter