Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi

Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda «B.B.» ixtisoslashgan savdo kompleksi MChJ direktori o‘rinbosari F.K. fuqaro S.K.ga MChJ balansida yangi qurilgan yengil konstruksiyali savdo do‘konini tanishlari yordamida olib berishi evaziga 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kadastr agentligining Oqoltin tuman bo‘limi boshlig‘i S.R. tadbirkor D.T.ning yengil tipdagi savdo do‘konining kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida 1 200 AQSh dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 500 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring