Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kaptiva»ning yo‘lini to‘sgan kiyimsiz shaxsga bayonnoma tuzildi

«Kaptiva»ning yo‘lini to‘sgan kiyimsiz shaxsga bayonnoma tuzildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 21-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda «Samarqandda kiyimsiz erkak yo‘l o‘rtasida «Kaptiva»ni yo‘lini to‘sib, unga yo‘l bermay turibti»sarlavhasi ostidagi video tarqaldi.

Videoda kiyimsiz erkak yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tgan holda, jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzib, yo‘lda harakatlanayotgan transport vositalarining erkin harakatiga xalaqit berganligi holati aks etgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruvlar natijasida ushbu huquqbuzarlikni Samarqand tumani, Mironqul MFYda yashovchi 25 yoshli S.B., spirtli ichimlik ta’sirida sodir qilganligi aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va to‘plangan hujjatlar yakuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand tumani Ma’muriy sudiga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring