Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kitobda «Neksiya» ag‘darilib ketdi, haydovchi vafot etgan

Kitobda «Neksiya» ag‘darilib ketdi, haydovchi vafot etgan

27-mart kuni Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani hududidan o‘tuvchi «Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lida fuqaro J.T. boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotadi hamda ag‘darilib ketib, YTHni sodir etadi.

Natijada haydovchi J.T «bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi» bilan tan jarohati olib kasalxonaga yotqiziladi, ammo shifokorlarning tezkor harakatlariga qaramasdan olgan tan jarohatlari tufayli olamdan ko‘z yumadi.

Ayni vaqtda mazkur holat bo‘yicha tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring