«Kobalt» haydovchisi Namangandan Farg‘onaga «kapot»da odam tashidi
Ijtimoiy tarmoqda «Kobalt» haydovchisi mashinasining yuk xonasida odam tashiyotgani aks etgan video tarqaldi. YHXX xabariga ko‘ra, haydovchining shaxsi aniqlangan.
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan holat o‘rganilib, haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilgan.
«8 iyul kuni Namangandan Farg‘onaga kelayotganimda odam ko‘payib ketgani sabab ikki kishini «kapot»ga solib keldim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Bunday holat boshqa takrorlanmaydi», deydi haydovchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter