Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobuldagi masjid yonida portlash sodir bo‘ldi: qurbonlar ko‘p

Kobuldagi masjid yonida portlash sodir bo‘ldi: qurbonlar ko‘p

Foto: «Ria.ru»

Afg‘oniston poytaxtidagi Idgax masjidi yaqinida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Kari Said Xostiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

«Tolibon» harakati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni sakkiz nafarga yetdi. Yana 20 kishi yaralangan. RIA Novosti suhbatdoshining aytishicha, ma’lumotlar o‘zgarishi mumkin.

Avvalroq Afg‘oniston muvaqqat hukumati madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabiulla Mujohid Kobuldagi masjid yaqinidagi portlashda tinch aholi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Ichki ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, hodisa yuzasidan uch kishi hibsga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring