Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kogondagi gazchilar qo‘rg‘onida yong‘in bo‘ldi

Kogondagi gazchilar qo‘rg‘onida yong‘in bo‘ldi

Bugun, 11 iyun kuni soat taxminan 04:10 da Buxoro viloyati Kogon shahar gazchilar qo‘rg‘onida joylashgan «Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida yong‘in sodir bo‘lgan.

FVV xabariga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 tv maxsus texnika voqea joyiga soat 04:13 da yetib borgan va yong‘in soat 05:50 da o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida 1-sonli gaz haydash uskunasi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilgan.

Hozirda yog‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring