Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘kdalada «Cobalt» to‘xtatilib tekshirilganda...

Ko‘kdalada «Cobalt» to‘xtatilib tekshirilganda...

Qashqadaryoda  «Cobalt» mashinasidan shubhali modda topildi. 

2024 yil 15 mart kuni Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani hududida joylashgan «Umakay» muntazam YPX maskanida viloyat YHXB hamda boshqa sohaviy xizmatlarning xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Cobalt» rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilgan.

Tekshiruv davomida transport vositasi haydovchisining yonidan gugurt qutilariga solingan, shuningdek, selofanga o‘ralgan, ko‘rinishidan giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topilgan. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. 

Holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lib, hozirda mas’ullar tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring