Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kollej direktorini kaltaklagan hokim o‘rinbosari jazolandi

Kollej direktorini kaltaklagan hokim o‘rinbosari jazolandi

Bag‘dod tumani hokimi farmoyishi bilan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Qahramon Murtazoqulovga nisbatan hayfsan chorasi qo‘llanildi.

Farmoyishga davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalari, tuman prokuraturasining taqdimnomasi va tuman hokimligining odob-axloq komissiyasining yig‘ilish bayoni asos qilingan.

Avvalroq hokim o‘rinbosari obuna rejasini bajarmagan kollej direktorini kaltaklangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring