Koreyadan turib terrorchi tashkilotni moliyalashtirgan o‘zbekistonlik ushlandi
![Koreyadan turib terrorchi tashkilotni moliyalashtirgan o‘zbekistonlik ushlandi](http://static.xabar.uz/crop/2/9/720_460_95_2970695865.jpg)
Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir olib borilgan.
Unda 1994 yilda, Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan G‘.O ismli shaxs Janubiy Koreya davlatiga borib, u yerda «Imom al-Buxoriy katibasi» terrorchilik tashkiloti yetakchilari bilan aloqa o‘rnatib, ularning noqonuniy faoliyatini moliyalashtirib kelganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1553, 2442 -moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter