Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korxonaning tarjimoni o‘g‘ri bo‘lib chiqdi

Korxonaning tarjimoni o‘g‘ri bo‘lib chiqdi

2019 yil 22 aprel kuni Navoiy shahridagi «Rongya» qo‘shma korxonasi rahbari IIBga murojaat qilib, shu yil 21 aprel kuni soat 08:00dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning vaqtincha ijarada yashab kelayotgan uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, 104 mln. so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qilib o‘tdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Shayxontohur tumani O‘zgarish ko‘chasida ro‘yxatda turib, vaqtincha Navoiy shahar Lomonosov ko‘chasida yashovchi, yuqoridagi qo‘shma korxona tarjimoni, 23 yoshli K.A. sodir etgani aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring