Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘zi ko‘kargan bola bo‘yicha IIB ma’lumot berdi

Ko‘zi ko‘kargan bola bo‘yicha IIB ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda yosh bolaning ko‘zi ko‘kargani aks etgan video tarqalgandi. Videoda bolakay uni otasi urgani aytadi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, aslida hodisa 29 oktyabrda sodir bo‘lgan. Video esa kuni kecha ijtimoiy tarmoqqa tarqatilgan. Aniqlanishicha, bolakay 29 oktyabrda otasi tomonidan otasining yashash uyiga olib ketilgan. O‘sha kuni u ko‘chada o‘ynayotgan vaqtida yiqilib, tan jarohati olgan. Bolani aynan otasi shifoxonaga olib kelgan. 

Guvohlarning ko‘rsatmalari va ekspertiza xulosasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qonuniy qaror qabul qilingan.

«Video tarqalganidan so‘ng, yana bir marta o‘rganib chiqildi va kaltaklanish holati o‘z tasdig‘ini topmadi. Hozirda mazkur yolg‘on ma’lumotni tarqatganlarning shaxsini aniqlash va ularga chora ko‘rish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi IIB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring