Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamashilik fuqaro kredit olaman deb bor pullaridan ayrildi

Qamashilik fuqaro kredit olaman deb bor pullaridan ayrildi

Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida yashovchi fuqaro O.J. ariza bilan murojaat qilib, arizasida Telegram messenjeri orqali noma’lum shaxslar kredit olib berishni targ‘ib etib, firibgarlik yo‘li bilan bank kartasida bo‘lgan jami 5.500.000 so‘m miqdoridagi pullarini yechib olganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida O.J. ismli fuqaroning bank kartasidan pullarni yechib olgan shaxs Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1995-y.t., S.O ekanligi aniqlangan, deya xabar beradi IIV Kiberxavfsizlik markazi. 

Ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring