Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli shamol tufayli poytaxt va Toshkent viloyati hududlarida elektr o‘chdi

Kuchli shamol tufayli poytaxt va Toshkent viloyati hududlarida elektr o‘chdi

Bugun, 20 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli shamol kuzatildi. Ayniqsa, Toshkent shahri va viloyatida shamolning asoratlari darhol sezildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlar shoxi sinib tushishi oqibatida zararlangan avtoulovlar, zamonaviy tomlarning shamol ta’sirida uchib tushgani haqida video va fotolar tarqalmoqda.

Poytaxtning bir qismida, xususan Sergeli va Zangiota tumanlariga tegishli O‘zgarish hududida elektr tarmog‘ida uzilish yuzaga kelgan. Ma’lum qilinishicha, kuni kecha kuzatilgan shamol ham ushbu hududni bir necha soatga elektrsiz qoldirgan edi.

Yozishlaricha, Olmaliq shahrining ayrim mahallalari, Angren shahrining katta qismi butunlay elektrsiz qolgan.

Ohangaron shahrida shamol ta’sirida hatto ichimlik suvi ham o‘chgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring