Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Litsenziya uchun 13 ming dollar talab qilgan mansabdor qo‘lga tushdi

Litsenziya uchun 13 ming dollar talab qilgan mansabdor qo‘lga tushdi

Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Andijon viloyati hududiy bo‘limi mansabdor xodimi litsenziya olishda zarur xulosa tayyorlab berish uchun pora olayotgan vaqtda ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Andijon viloyati hududiy bo‘limi mansabdor xodimi Asaka tumanida faoliyat yurituvchi MChJga neft mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shug‘ullanishi uchun litsenziya olishda zarur bo‘ladigan xulosa tayyorlab berish evaziga 3 ming AQSh dollari va litsenziya olib berish uchun “O‘zneftgazinspeksiya”da ishlovchi tanishiga 10 ming AQSh dollari berishi kerakligini aytib, MChJ ta’sischisidan 13 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining bo‘ysinuvida bo‘lgan xodim orqali olgan vaqtda, ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring