Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Malika» do‘konlaridan 30 ta telefon o‘g‘irlashdi

«Malika» do‘konlaridan 30 ta telefon o‘g‘irlashdi

Foto: «Xabar.uz»

2018-yil 15-mart kuni soat 01:30 da samarqandlik, 1999-yilda tug‘ilgan, 2017-yil 169-2 bilan sudlangan, ishlamaydigan U.S. Toshkentdagi «Malika» savdo majmuasining do‘konlaridan biriga o‘g‘rilikka tushib, 1992 yilda tug‘ilgan xususiy tadbirkor, J.U.ga tegishli jami narxi 82.111.000 so‘mlik 30 dona har xil turdagi uyali telefonlarni o‘marib, voqea joyidan yashiringan.

So‘ng J.U. 2018-yil 19-mart kuni sherigi 1981-yilda tug‘ilgan viloyatdoshi, 2017-yil sudlangan, hech qayerda ishlamaydigan, K.M. bilan birga Samarqand shahrida jinoiy yo‘l bilan topilgan 8 dona telefonni sotib yuborishgan. Mazkur jinoyat ishi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan fosh qilindi.

«Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 171-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring