Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Malika»dagi pichoqbozlik: odam o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

«Malika»dagi pichoqbozlik: odam o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qildi

Videodan lavha

O‘tgan yilning 12-sentyabr kuni «Malika» savdo majmuasida telefon savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgani va ulardan bir nafari pichoqlanib, vafot etgani xabar qilingandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida mazkur pichoqbozlikda qatnashib, bir insonning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxsga hukm o‘qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi bundan oldin ham bir necha marotaba sudlangan. Oxirgi marta 2019-yili Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 169-moddasi, ya’ni o‘g‘rilikda aybdor deb topilgan va 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilib, shartli ravishda muddatidan avval ozod qilinganiga qaramay, yana jinoyat yo‘liga kirgan.

Voqea 2021-yil 12-sentyabr kuni soat taxminan 11:30 larda «Malika» savdo markazida sodir bo‘lgan. Dastlab, marhum va sudlanuvchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Mazkur janjal fuqarolar tomonidan to‘xtatilgan bo‘lishiga qaramasdan, sudlanuvchi o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, tanishini savdo markazi hududiga yaqin bo‘lgan oshxona oldiga olib chiqib, uni takroran urib do‘pposlab, tanasining turli sohalariga tan jarohatlari yetkazgan. Tanishining chap ko‘krak qafasiga pichoq bilan yetkazilgan tan jarohati oqibatida fuqaro shu kuni 7-shahar klinik shifoxonasida vafot etgan.

Sud davomida tuman prokuror o‘rinbosari va sudlanuvchining advokati ham nutq so‘zlab, sud hay’tiga tegishli dalillarni keltirib o‘tishdi. Shularga muvofiq, sud hukmi o‘qildi.

Sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 10 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring