Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilonda jiddiy YTHdan keyin qochib ketgan «Lasetti» topildi

Marg‘ilonda jiddiy YTHdan keyin qochib ketgan «Lasetti» topildi

Joriy yilning 15 mart kuni soat 11:25larda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar, Turon ko‘chasida haydovchi I.I. «Lasetti» rusumli avtomobilda belgilanmagan joydan qoidalarni buzgan holda qayrilib olayotgan vaqtida «Temir yo‘l bekati» tomondan shahar markazi tomon ketayotgan haydovchi M.O. boshqaruvidagi yana bir «Lasetti» rusumli avtomobilni urib yuborgan.

Oqibatda haydovchi M.O. boshqaruvidagi «Lasetti» avtomobili yo‘nalishini o‘zgartirib qarama-qarshi tomondan kelayotgan haydovchi E.I. boshqaruvidagi «Neksiya-3» rusumli avtomobilga to‘qnashgan.

YTH natijasida, «Lasetti» rusumli avtomobil haydovchisi M.O., «Neksiya-3» rusumli avtomobil haydovchisi E.I. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi U.I.lar tan jarohati olishgan.

Qoidani buzgan «Lasetti» avtomobili haydovchisi I.I. jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish o‘rniga hodisa joyidan ketib qolgan. Surishtiruv ishlari natijasida haydovchi I.I. aniqlanib transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring