Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur brendlar qalbaki bo‘lib chiqdi

Mashhur brendlar qalbaki bo‘lib chiqdi

Zangiota tumanida taniqli kompaniya kir yuvish kukunlarini qo‘lbola usulda tayyorlab sotayotgan yashirin sex faoliyati fosh etildi. Bu xaqda Bosh prukuratura huzuridagi tergov departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan «The Procter & Gamble» kompaniyasi ishonchli vakilining murojaatiga asosan tuman DSI bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.T. o‘zining yashash xonadonida yashirin sex tashkil qilib, har biri 2 kg. dan qadoqlangan polietilen qoplarda «Ariel», «Tide», «Persil» va «Mif» nomli brendlar ostida qalbakilashtirilgan kir yuvish kukunlarini ishlab chiqarilayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 4 540 kg yarim tayyor mahsulotlar, 146 dona kir yuvish kukuni, 111 dona turli brend nomlari tushirilgan polietilen paketlar, 2 dona qadoqlash uskunasi va tarozi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tadbirkorning 1 mlrd so‘mini qo‘lga kiritgan firibgarning qilmishi fosh etilgani ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring