Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mast erkak hushyorxonada o‘z joniga qasd qildi

Mast erkak hushyorxonada o‘z joniga qasd qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Chortoq ichki ishlaridan yana bir fuqaroning o‘ligi chiqdi» mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olingan holda o‘rganilgan.

Ombudsmanga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 7 aprel kuni soat 20:00larda marhumning turmush o‘rtog‘i erining uyga mast holatda kelib, janjal qilayotganligi haqida Chortoq tumani IIB profilaktika inspektoriga xabar qilgan.

Profilaktika inspektori murojaatni joyiga chiqib o‘rgangan va marhumni hushyorlantirish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan markaziy shifoxonaga olib borgan. Profilaktika inspektori tegishli hujjatlar va dalolatnoma rasmiylashtirgan holda marhumni soat 21:58da hushyorxonaga topshirgan.

Marhum I.U 2024 yil 8 aprel kuniga o‘tar kechasi soat 00:45larda ushbu hushyorxonaning darchasidagi temir panjarasiga choyshabdan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.

Ombudsmanga taqdim etilgan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali Yangiqo‘rg‘on tumanlararo bo‘linmasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, U.I.ning o‘limi «bo‘yin sohasining siqilishidan kelib chiqadigan mexanik asfiksiya, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi» oqibatida sodir bo‘lgan. Uning tanasida «bo‘yin qismidagi strongulatsion egat»dan boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.

Hozirda holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shu kuniyoq Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila a’zolari va yaqinlari bilan suhbatlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring