Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mast o‘g‘il o‘z onasining qotiliga aylandi

Mast o‘g‘il o‘z onasining qotiliga aylandi

8-may kuni chiroqchilik ona bola T.N. va J.T. birga spirtli ichimlik iste’mol qilishadi. Gap orasida o‘zaro kelishmovchilik chiqib, ular tortishib qoladi. Tortishuv janjalga aylanib, tungi soat 02.00larda o‘g‘il J.T. onasi T.N.ga pichoq uradi. Natijada ayol vafot etgan.

«Ona va bolasi o‘rtasidagi sovuq munosabatlar bir kunda paydo bo‘lmagan. Ular kunda bo‘lmasa-da, kunaro janjallashib turganidan qo‘ni-qo‘shnilar, yaqinlari xabardor bo‘lgan»,—deyiladi xabarda. 

Ona va bola bilan hudud profilaktika inspektori bir necha bor profilaktik suhbat o‘tkazgan.

Mahalla faollari, oqsoqollar va boshqa mutasaddi tashkilotlar ham 2-guruh nogironi bo‘lgan oilani murosaga keltirish borasida amalga oshirgan qator profilaktik ishlarga qaramay janjal barham topmagan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring