Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

20 ming AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Jahon tillari universiteti talabasi B.J. va boshqalar fuqaro E.N.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 20 000 AQSh dollari evaziga Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini va’da qilib, shundan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


Izohlar mavjud emas