Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metro bekati oldida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Metro bekati oldida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar «Abdulla Qodiriy» metro bekati oldida fuqarolar o‘rtasida janjal yuzaga kelgani aks etgan video tarqalgandi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB axborot markazi izoh berib, «Abdulla Qodiriy» metro bekati oldida joylashgan do‘konlardan biridagi sotuvchi 1999-yilda tug‘ilgan Z.N. sobiq sotuvchisi 1999-yilda tug‘ilgan M.F. bilan kiyim masalasida o‘zaro gap talashib qolishgani, ularning mojarosiga M.F.ning onasi — 1980-yilda tug‘ilgan M.F. va Z.N.ning singlisi 2003-yilda tug‘ilgan Z.D. aralashgani, natijada bu mojaro janjalga aylanib ketganini bildirgandi.

Tergov departamenining qo‘shimcha qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

«Tergov harakatlari davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, har bir ishtirokchining harakatlariga nisbatan huquqiy baho berilishi ta’minlanadi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring