MIB xodimiga pichoq ko‘targan shaxs bilan prokuratura shug‘ullanadigan bo‘ldi
Joriy yil 10-aprel kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro MIB xodimiga pichoq bilan hujum qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tumanda davlat ijrochisi bo‘lgan S.Badalboyev 10-aprel kuni soat 15:40 larda qarzdor fuqaro O.Toshboyev yashash xonadoniga 26 mln 982 ming so‘mlik bank krediti va boshqa qarzdorliklarni undirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish uchun borgan.
Bu vaqtda esa xonadon egasi uyda bo‘lmagani bois Badalboyev telefon orqali uning kelishni so‘ragan. Qarzdor esa telefon orqali turli bahonalar bilan avvaliga kelmasligini aytadi, so‘ng esa qarzdorligi majburiy ijroga yo‘naltirilganini eshitib, xo‘jalik pichog‘ini ko‘tarib keladi.
Qarzdor O.Toshboyev MIB xodimining qonuniy faoliyatga qarshilik qilib, uning ko‘krak qafasiga xo‘jalik pichog‘i bilan urmoqchi bo‘lganida, u o‘zini himoya qilgan va o‘ng qo‘l kaft sohasidan jiddiy jarohat olgan.
Qarzdor yana davlat ijrochisini o‘ldirish maqsadida uni ortidan quvgan vaqtda, ijro harakatlarida ishtirok etayotgan boshqa davlat xizmatchilari tomonidan qo‘lidagi xo‘jalik pichog‘i olib qo‘yilishi sababli, jinoyatni oxiriga yetkaza olmagan.
Mazkur holat bo‘yicha 2023-yil 10-aprel kuni To‘raqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter