Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milliy gvardiya» kiyimidagi bosqinchilar qo‘lga olindi

«Milliy gvardiya» kiyimidagi bosqinchilar qo‘lga olindi

Foto: Tergov departamenti

Toshkent tumanida 47 yoshli yo‘lovchiga nisbatan bosqinchilik jinoyatini sodir etgan «Milliy gvardiya» xizmat kiyimidagi shaxslar qo‘lga olindi.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, 2020-yilning 31-oktyabr kuni soat 22:00 da 36 yoshli J.P. o‘zining jinoiy sheriklari 36 yoshli A.I. va 51 yoshli B.A.lar bilan birgalikda bosqinchilik sodir etish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirishadi.

Ular qora rangli niqob bilan yuzlarini yashirib, egniga «Milliy gvardiya» harbiy kiyimini kiyib, rezina tayoqcha va qo‘l kishani hamda pnevmatik o‘qotar qurol bilan qurollangan holda, A.I.ning boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinada Toshkent tumani, Tutzor mahallasi, Nurmakor ko‘chasiga kelishgan.

So‘ng mazkur ko‘cha bo‘ylab Lacettida uyiga kelayotgan, 47 yoshli U.R.ni yo‘lini to‘sgan holda to‘xtatib, unga hayot yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, qo‘llarini orqa tarafga qayirgan holda kishanlab, bosqinchilik sodir etib, fuqaro U.R.ga tegishli Lacetti rusumli avtomashinasining orqa o‘rindig‘iga o‘tqazib, olib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Tezkor tadbir davomida ulardan qo‘l kishani, rezina tayoq, pnevmatik o‘q otar qurol, «Milliy gvardiya» xizmat kiyimi va niqoblar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida, Matiz salonidan, J.P. A.I. va B.A.lar tomonidan qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan, «01R376SV» va «10Ye488LA» davlat raqam belgilari mavjudligi aniqlanib, ushbu davlat raqamlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar J.P., A.I. va B.A.larga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 227-modasi 1-qismi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) va 164-moddasi 2-qismi «a,b» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, yuqoridagi fuqarolar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.  

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring