Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Milliy gvardiyaga kirgizib qo‘yadigan» firibgar pora bilan ushlandi

«Milliy gvardiyaga kirgizib qo‘yadigan» firibgar pora bilan ushlandi

Foto:«Xabar.uz»

Sirdaryolik S.E. U.J.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston Respublkasi Milliy gvardiyasi tizimiga kiritib qo‘yish evaziga undan 1500 AQSh dollari talab qilgan.

Ko‘r-ko‘rni qorong‘ida topibdi qabilida ish tutgan S.E.so‘ralgan pulning 500 AQSh dollarini Guliston shahrining «Yangi bozor» hududidagi avtoturargohda olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.

Hozirda S.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring