Mingbuloqda paxta qabul qilish maskanida yong‘in chiqdi

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida 2018-yil 14-oktyabr kuni «Ingichka» MFY hududida joylashgan «Navoiy» paxta qabul qilish maskanidagi 2-sonli paxta g‘aramlash maydonchasiga bosib qo‘yilgan paxta g‘aramida yong‘in sodir bo‘lgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida 74 kg. 2-navli paxta yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.
Yong‘in paxta g‘aramini shamollatish moslamasining motor qismida elektr simlarining qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter