Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga uchayotgan Belarus samolyotida texnik nosozlik yuz berdi

Toshkentga uchayotgan Belarus samolyotida texnik nosozlik yuz berdi

Belarusning Belavia aviakompaniyasining Toshkentga uchgan samolyotida nosozlik chiqqan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Boeing 737-800 samolyoti seshanba kuni kechqurun Minsk aeroportidan Toshkentga uchgan.

Biroq layner O‘zbekiston chegarasiga yetib bormay, orqaga burilib, Belarus poytaxtidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda aylana boshlagan.

Minsk aeroportining xabar berishicha, ekipaj texnik sabablarga ko‘ra qaytishga qaror qilgan. Boshqa tafsilotlar oshkor etilmadi.

So‘ngra samolyot Toshkentga tunggi soat 1.30 da besh soat kechikish bilan uchdi va chorshanba kuni tongda O‘zbekistonga eson-omon qo‘ngan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring