Miroboddagi YTH ayanchli natija bilan tugadi

17-avgust kuni Mirobod tumani, Kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida haydovchi 2002-yilda tug‘ilgan S.A. «Nexia» avtomashinasida harakatlanib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.
YTH natijasida avtomashina haydovchisi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan, biroq avtomashina yo‘lovchisi 1999-yilda tug‘ilgan E.R. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter