Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misr poytaxtida 6 bola tiriklayin yonib ketdi

Misr poytaxtida 6 bola tiriklayin yonib ketdi

Foto: «BBC News»

Misr poytaxtida bolalar tergov izolyatorida yuz bergan yong‘in oqibatida o‘nlab o‘smirlar jarohat olishdi, ulardan oltitasi vafot etdi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Mahalliy xavfsizlik xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan tergov natijalariga ko‘ra, yong‘in qisqa tutashuv natijasida yuzaga kelgan. Undan oldin ikki mahbus o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Ta’kidlanishicha, binoning faqat bitta qanoti yonib ketgan. Voqea joyiga zudlik bilan o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam mashinalari yuborilgan. Favqulodda xizmatlar yong‘inni tezda to‘xtatishdi, alanga tergov izolyatorining qolgan qismiga tarqalmadi.

Mahalliy Masrawy yangiliklar portalining yozishicha, bolalarning aksariyati is gazidan zaharlanishgan va yong‘indan qochishga urinayotgan paytda yengil jarohatlar olgan, ammo olti o‘spirin tiriklayin yonib ketgan. Tergov izolyatori boshlig‘i voqea holatlariga oydinlik kiritilguncha hibsga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring