Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrda relsdan chiqib ketgan poyezd fojiaga sabab bo‘ldi (video)

Misrda relsdan chiqib ketgan poyezd fojiaga sabab bo‘ldi (video)

Foto: «Al Arabia»

Misrda poyezdning relsdan chiqib ketishi natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 26 kishi jarohat oldi. Bu haqda «Al Arabia» xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, voqea joyiga 20 dan ortiq tez yordam mashinalari, shuningdek, yuqori lavozimli amaldorlar yetib borishgan.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Tux temir yo‘l stansiyasi yaqinida sodir bo‘lgan.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, poyezd Qohiradan Mansuru tomon yo‘l olgan. Hodisa Sandxur qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan.

Fojia holatlari tekshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring