Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva yaqinida yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi

Moskva yaqinida yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi

Foto: «Rossiyskaya gazeta»

«Domodedovo» aeroportidan havoga ko‘tarilgan bortida 77 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Rossiya mahalliy samolyoti Moskva yaqinida radarlardan g‘oyib bo‘lib qolganidan keyin halokatga uchragan. Bu haqda rus OAVlariga tayanib «Yevronyus» xabar bermoqda.

«Saratov Airlines» aviakompaniyasiga qarashli «AN-148» rusumli samolyot Moskva yaqinidagi Ramenskiy tumani hududiga qulab tushgan. U Orsk shahriga qarab uchib ketayotgan bo‘lgan. Rus matbuoti ma’lumotlariga ko‘ra samolyot bortida 65 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar haqida aniq ma’lumotlar hali oshkor etilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring