Moskvada avtobus yonib ketdi

12-aprel kuni Moskva shahrida avtobus yonib ketdi. Bu haqda «Mosgostrans» matbuot xizmati ma’lumotiga asoslanib, «RIA Novosti» ma’lum qildi.
Ammo avtobus haydovchisining sa’y-harakatlari tufayli yo‘lovchilar jabrlanmagan. Haydovchi tezkorlik bilan yo‘lovchilarni tushirgan va maxsus xizmat xodimlarini chaqirgan.
Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter