Departament 319,7 mln so‘mni «tuya qilgan» o‘rinbosarni ushladi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, «M-S.» MChJ rahbari o‘rinbosari B.I. va boshqalar oldindan til biriktirib, 2021- yilning mart-oktyabr oylarida MChJning 319,7 mln so‘m pul mablag‘ini bank plastik kartasiga o‘tkazib, o‘zlarining manfaatlari yo‘lida sarflab, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter