Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudhish YTHda 4 inson halok bo‘ldi

Mudhish YTHda 4 inson halok bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

2023 yil 8 iyun kuni soat 19:30 larda Urgut tumani «Omonqo‘ton» mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1121 km.da mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, «Cobalt» rusumli avtomashina haydovchisi «Urgut-Qarshi» yo‘nalishi bo‘ylab haraktlanib, boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan «Kamaz» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Natijada, «Cobalt» rusumli avtomashina haydovchisi va 3 yo‘lovchilari olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Shuningdek, «Kamaz»  rusumli avtomashinasi haydovchisi Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilib, unga shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 8 iyun kuni tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring