Namanganda 20 yashar fuqaro noxush jinoyatga qo‘l urdi

12 may kuni Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib qolgan. So‘ngra u qo‘lida bo‘lgan osh pichoq bilan raqibining chap orqa kurak va chap qo‘l bilak sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro chap ko‘krak qafasi va chap bilak sohasida kesilgan jarohat tashxisi bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 13 may kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter