Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda ham «forma kiygan shantajchi» xodim paydo bo‘ldi

Namanganda ham «forma kiygan shantajchi» xodim paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi bir haydovchiga kalla qo‘yib, o‘zidan jabrdiyda yasab olgani aks etgan video tarqalgan.

Voqea Namanganda ro‘y bergan, ammo qachon bo‘lgani ma’lum emas. Videoda YHXB xodimi haydovchiga boshi bilan urib, bu ishni fuqaroga to‘nkaganini ko‘rish mumkin.

So‘nggi kunlarda IIV tizimidagi bunday videolar keng tarqala boshlagan. Masalan, Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi voqeada IIB xodimi pogonini o‘zi yulib, bu aybni bir ayol kishiga ag‘dargandi.

Namangandagi videoga IIV hozircha munosabat bildirganicha yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring