Namanganda ham «qo‘ylar namoyishi» kuzatildi
Namanganda mahalliy MChJga tegishli qo‘ylar podasi Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi binosiga haydab kelindi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, tuman hokimligi tomonidan ozuqa yetishtirish uchun yer ajratilmagani sababli cho‘ponlar shunday qarorga kelishgan.
«Qo‘ylar namoyishi» norozilik amaliyoti yangilik emas: Samarqand viloyatining Nurobod tumanida ham xuddi shunga o‘xshash hodisa kuzatilgandi.
O‘shanda naq 6 ming bosh qo‘y hokimlik binosi qarshisiga haydab kelingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter