Namangandagi sexda mahkum jasadi topildi: Bosh prokuratura bayonoti
Namangan viloyati Pop tumanida mahkum vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuraturaning ma’lumot berishicha, mahkum o‘z joniga qasd qilgan.
23-may kuni Namangan viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan 2000-yilda tug‘ilgan maxkum (Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi «Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish» bilan sudlangan) ishlab chiqarish sexi xududida o‘zini-o‘zi osib, vafot etgan.
Murdani ko‘zdan kechirish davomida bo‘yin sohasida strangulyasion egatdan tashqari boshqa tan
jarohatlari aniqlanmagan.
Holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter