Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «Neksiya» avtobus bilan to‘qnashdi. Qurbon bo‘lgan va jarohatlanganlar bor

Namanganda «Neksiya» avtobus bilan to‘qnashdi. Qurbon bo‘lgan va jarohatlanganlar bor

Foto: YHXBB axborot xizmati

Shu yilning 14-yanvar kuni soat 08:20larda Namangan viloyati Uychi tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Olmurut mahallasi hududidan o‘tgan «Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on» avtomobil yo‘lining 22-kilometrida, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan M.N. ishonch qog‘ozi bilan shu tumanda yashovchi, 1946 yilda tug‘ilgan M.M.ga tegishli «Neksiya» rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

M.N. qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi (Namangan-Uchqo‘rg‘on yo‘nalishida qatnovchi, avtobus salonida 30 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan) «Isuzi» avtobusi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada «Neksiya» avtomobili yo‘lovchisi, Uchqo‘rg‘on shahrida yashagan, 1960-yilda tug‘ilgan A.M. voqea joyida halok bo‘lgan. Haydovchi M.N. hamda boshqa yo‘lovchilari, Uchqo‘rg‘on shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan A.L. va Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan X.X. olgan tan jarohatlari bilan kasalxonasiga yotqizilgan.

Shuningdek, «Isuzi» avtobusining 11 nafar yo‘lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga javob berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring