Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda Nexia-2 ikki kishini urib yubordi

Namanganda Nexia-2 ikki kishini urib yubordi

24 va 21 yoshli piyodalar yo‘ldan o‘tayotgan vaqtda mashina urib yubordi.

Namangan viloyati IIB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 2023 yil 24 may kuni soat 22:45 larda Davlatobod tumani «I.Karimov» ko‘chasida 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia-2’ni boshqarib ketayotib harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga o‘tayotgan 1999 va 2002 yilda tug‘ilgan piyodalarni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyodalar og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ammo, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay ulardan biri vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring