Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan o‘smir qiz qutqarib qolindi

Namanganda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan o‘smir qiz qutqarib qolindi

Foto: @milliygvardiyauz_official

Joriy yilning 26-oktyabr kuni soat 14:30 larda Namangan viloyati Mingbuloq tumanidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo ustiga qurilgan ko‘prikda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiyaning Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ko‘prik ustida to‘xtagan maktab o‘quvchisini kuzatib turib, uning shubhali harakatlarini sezib qolishgan.

Suhbat chog‘ida o‘quvchi qiz maktabda yuz berayotgan ayrim holatlar sabab o‘zini suvga tashlamoqchi ekanligini ma’lum qilgan. O‘z o‘rnida, Qo‘riqlash xizmati xodimlari o‘quvchining bu xatti-harakatlari noto‘g‘riligini ta’kidlab, zarur maslahatlar berishgan.

Shundan so‘ng ushbu o‘quvchi yashash joyiga olib borilib, ota-onasiga vaziyat tushuntirilgan holda topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring