Namanganda sodir bo‘lgan YTHda 3 yashar bola qurbon bo‘ldi

Joriy yilning 19-mart kuni Namangan shahrida «VAZ-21011» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib yuborgan.
Natijada, voyaga yetmagan piyoda olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida, 25-mart kuni shifoxonada vafot etgan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Qamchiqda 40 daqiqa oralig‘ida ikkita YTH yuz bergani haqida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter