Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi maktabda yong‘in yuz berdi

Namangandagi maktabda yong‘in yuz berdi

Namangan shahrida 22 iyun kuni 29-sonli o‘rta maktabning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida tomning 4 kv.m. maydoni yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring