Namangandagi pichoqbozlik bo‘yicha ma’lumot berildi

Namangan viloyati Norin tumanida bir guruh shaxslar pichoqbozlik uyushtirgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Namangan IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 30 iyul kuni soat 12:40 larda Norin tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.N. Norin tumanida joylashgan tirik baliqlar sotish do‘koni oldida shu tumanda yashovchi tanishi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro O.V. bilan o‘rtalaridagi kelishmovchilik sababli avtomashina ichida o‘zaro janjallashib, yonida bo‘lgan oshpichoq bilan chap oyoq boldiriga bir marotaba urib, o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 30 iyul kuni Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «m» bandi (sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.N. qamoqqa olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter