Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda avtobus ag‘darilishi oqibatida besh kishi jarohat oldi

Navoiyda avtobus ag‘darilishi oqibatida besh kishi jarohat oldi

Foto: IIV YHXBB

Tarmoqda yo‘lovchi avtobusining ag‘darilgani videosi tarqalmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 3 may kuni Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi, 1973 yilda tug‘ilgan K.O‘. «Yutong» rusumli avtobusda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va avtobus yo‘l chetiga ag‘darilgan.

YTH natijasida 5 nafar yo‘lovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu YTH yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring