Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda bankir ayolga «boks usuli»ni qo‘llagan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Navoiyda bankir ayolga «boks usuli»ni qo‘llagan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Videodan kadr

2022-yilning 17-mart kuni internet tarmog‘ida «Navoiy viloyati Navbahor tumani Xalq bankida erkak kishi ayol kishini qattiq urib yiqitgan» nomli videolavha tarqalgandi. Bank kameralaridan yozib olingan videoyozuvda ko‘rinishicha, bankka tashrif buyurgan fuqaro (erkak) ushbu filial xodimi N.Abdullayevaning yuziga musht tushirgani aks etgan.

Keyinchalik ijtimoiy tarmoqda jabrlanuvchi — AT «Xalq banki» xodimi Nafisa Abdullayevaning murojaati ham e’lon qilingan bo‘lib, unda N.Abdullayeva ushbu fuqaro (mijoz) bankdan 30 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit olganligini, biroq kreditini to‘lamay yurganligini, shu bois uni boshqaruvchi xonasiga chaqirtirganligini aytgandi.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yil 19-aprel kuni ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi majlisida ko‘rib chiqilgan. Sud qaroriga asosan fuqaro Alisher M. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bo‘yicha (Mayda bezorilik) aybdor deb topilib, unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring