Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda ishchini beton plita bosib qoldi (video)

Navoiyda ishchini beton plita bosib qoldi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Mazkur hodisa bugun soat 08:00 da Navoiy viloyati Karmana tumani «Dehqon» MFYda sodir bo‘ldi.

FVVning xabar berishicha, olib borilayotgan qurilish obektida ishchi-xodim S.Z.ning ustiga beton plita qulagan. Buning oqibatida fuqaro beton ostida qolib ketgan. Voqeaga guvoh bo‘lganlar darhol qutqaruv xizmatiga xabar bergan.

Olingan xabar asosida viloyat FVB yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borib, qisqa vaqt ichida beton plita ostida qolgan quruvchini chiqarib olishgan. Oyog‘idan jarohatlangan fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatilib, Karmana tumani Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan qurilish obektlarida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring