Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Neksiya» piyodalar o‘tish joyidan yugurib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi

«Neksiya» piyodalar o‘tish joyidan yugurib o‘tayotgan fuqaroni urib ketdi

Foto: «Nasafnews.uz»

29-sentyabr kuni soat 19:00 larda Qarshi tumani Saxtapiyoz qishlog‘i hududida harakatlangan 40 yillik haydovchilik tajribasiga ega B.Sh. boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» rusumidagi avtomashina tumandagi Nukrabot qishlog‘ida yashovchi D.A.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, piyoda to‘satdan yo‘lning tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yugurib o‘tishga uringan. Oqibatda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Hozirda piyoda tuman shifoxonasida davolanmoqda.

Ushbu holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Ushbu holat kabi YTHlarning oldini olish maqsadida Qarshi tumani IIB YHXB boshlig‘i Eldor Hasanov tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring