Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nexia-2» kanalga quladi

«Nexia-2» kanalga quladi

Foto: FVV matbuot xizmati

Namanganda «Nexia-2» avtomobili kanalga tushib ketdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 15 fevral kuni soat 13:50 larda, Namangan viloyati, Namangan shahar, G‘uncha MFY hududida «Nexia-2» rusumli transport vositasida harakatlanayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtomobil ushbu mahalla hududidan oqib o‘tuvchi «Shimoliy Farg‘ona kanali»ga tushib ketgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan hududiy FVB xodimlari yetib kelib, transport vositasi maxsus texnika yordamida kanaldan olib chiqilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Ushbu holat yuzasidan hududiy FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring